O'zbekistonning boy merosi va turizm salohiyatini Xitoyda keng targ'ib qilish maqsadida maxsus dastur ishlab chiqildi
Aprel 17, 2025. 09:19 • 38 soniya
• 93
GUANCHJOU, 17-aprel. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Bosh konsulxona va Xitoyning "Guangzhou Daily Press Group" kompaniyasi hamkorligida yurtimizning boy madaniy-tarixiy merosi va turizm salohiyatini keng targ'ib qilishga qaratilgan maxsus marketing dasturi ishlab chiqildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mazkur loyiha O'zbekistonga xorijiy yurtlardan, shu jumladan Xitoydan sayyohlar oqimini keskin ko'paytirish maqsadida hayotga tadbiq etilyapti.
Dasturga muvofiq, Xitoy tomoni O'zbekistonning qadimiy shaharlari, ulardagi tarixiy obidalar, milliy urf-odat, an'ana va madaniyatni namoyon etuvchi qisqa metrajli hujjatli filmlar, fotoreportajlar yaratadi hamda interaktiv tadbirlarni uyushtiradi. Bundan tashqari, Guanchjou media markazida ko'rgazma tashkil etiladi, Guandun provinsiyasi yoshlarining O'zbekistonga o'quv-sayyohlik dasturi hamda yurtimizga safar qilish bo'yicha maxsus qo'llanma va milliy aviakompaniyalar bilan birgalikda "Parvoz +Sayohat" turpaketlari ishlab chiqadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Pokistonning markaziy telekanallari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonning yangi elchisi Rim Papasiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Britaniyaning nufuzli nashriyot uyi bilan hamkorlik o‘rnatiladi
Ekspertlar o‘zbek–xitoy munosabatlari istiqboli xususida fikr almashdi