Britaniya kompaniyasining ilg'or texnologiya va yechimlari O'zbekiston energetika sohasi rivojiga yo'naltiriladi
Avgust 23, 2025. 11:05 • 39 soniya
• 55
LONDON, 23-avgust. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasida "Cavitas Energy" kompaniyasi rahbari Grem Makney bilan uchrashuv bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Suhbat chog'ida O'zbekistonda neft-gaz sohasida qo'shma loyihalarni amalga oshirish, shu jumladan, energetika sohasiga ilg'or texnologiyalar va innovatsion yechimlarni joriy etish imkoniyatlari keng muhokama qilindi.
Shuningdek, "Cavitas Energy" kompaniyasining zamonaviy texnologiyalari orqali iqtisodiy jihatdan samarasiz deb baholangan neft konlarini tijorat jihatdan rentabel aktivlarga aylantirish imkoniyatlari ham batafsil ko'rib chiqildi.
Mazkur yondashuv nafaqat mavjud resurslardan oqilona foydalanish, balki mamlakat energetika salohiyatini yana-da yuksaltirishga xizmat qilishi ta'kidlandi.
"Cavitas Energy" kompaniyasi O'zbekiston bilan uzoq muddatli va amaliy hamkorlik o'rnatishga tayyor, – dedi Grem Makney. – Shu bilan birga, kompaniyamiz o'zining ilg'or texnologiya va yechimlarini O'zbekiston energetika sohasi rivojiga yo'naltirishga katta qiziqish bildirmoqda".
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Pokistonning markaziy telekanallari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonning yangi elchisi Rim Papasiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Britaniyaning nufuzli nashriyot uyi bilan hamkorlik o‘rnatiladi
Ekspertlar o‘zbek–xitoy munosabatlari istiqboli xususida fikr almashdi