Logo

Xalqaro qidiruvda bo'lgan shaxs Polshadan O'zbekistonga ekstraditsiya qilindi

Iyun 28, 2025. 15:01 • 34 soniya

236
Xalqaro qidiruvda bo'lgan shaxs Polshadan O'zbekistonga ekstraditsiya qilindi

VARSHAVA, 28-iyun. /"Dunyo"/. O'zbekistonda jinoyat sodir etgani uchun xalqaro qidiruvga berilgan A.A Polshadan mamlakatimizga ekstraditsiya qilindi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekiston Interpol Milliy markaziy byurosi, mamlakatimiz elchixonasi va Polshaning tegishli idoralari hamkorligida amalga oshirilgan ishlar natijasida xalqaro qidiruvda bo'lgan fuqaro A.A mazkur mamlakat hududida qo'lga olindi va yurtimizga qaytarildi.

A.A. Interpolning qizil sirkulyari orqali qidiruvga berilgan bo'lib, u O'zbekiston hududida firibgarlik sodir etganlikda ayblanmoqda.

"Qonun oldida hamma teng. Jinoyat sodir etgan har qanday shaxs albatta javobgarlikka tortiladi. O'zbekiston elchixonasi barcha fuqarolarni qayerda bo'lishlaridan qat'iy nazar qonun-qoidalarga rioya qilishga chaqiradi", – deb yozilgan mamlakatimizning Polshadagi elchixonasi  telegram-kanalida e'lon qilingan xabarda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish