Budapeshtda Yevropa ta’lim amaliyotini O‘zbekistonda joriy etish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi
Oktabr 16, 2026. 16:00 • 1 daq
• 144
BUDAPЕSHT, 16-oktabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasida Vengriyaning “MeOut Group” kompaniyasi vitse-prezidenti Bense Laboshshey hamda innovatsion hamkorlik uchun mas’ul direktori Matyash Kapli bilan uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasida kasbiy ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, ilg‘or Yevropa ta’lim amaliyotlarini joriy etish va tajriba almashish, shuningdek, innovatsiyalar hamda startaplarni qo‘llab-quvvatlash borasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar ikki mamlakat tegishli muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, xalqaro sheriklik munosabatlarini kengaytirish hamda O‘zbekistonning kasbiy ta’lim tizimi va innovatsion ekosistemasini rivojlantirish uchun xorijiy tajribani jalb etish muhimligini ta’kidladilar.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi sheriklik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan amaliy hamkorlikni rivojlantirish hamda istiqbolli qo‘shma loyihalarni hayotga tatbiq etish bo‘yicha o‘zaro manfaatdorlik tasdiqlandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi