O'zbek milliy kurashi Malayziya yoshlari o'rtasida yanada ommalashadi
Iyun 09, 2025. 21:16 • 55 soniya
• 560
KUALA-LUMPUR, 10-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziya Kurash assotsiatsiyasi prezidenti Chev Eng Kian bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Muloqot chog'ida O'zbekiston va Malayziya Kurash assotsiatsiyasi o'rtasidagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Xorij tomoniga so'nggi yillarda mamlakatimizda kurash sohasida olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlar, O'zbekiston Prezidentining 2024-yil 20-dekabrdagi "Kurash milliy sport turini rivojlantirish va ommalashtirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorining mazmun-mohiyati haqida batafsil ma'lumot berildi.
Shuningjek, ASEAN mamlakatlari orasida, shu jumladan Malayziyada kurash sport turining nufuzini oshirish, kurashni malayziyalik yoshlar orasida yanada keng targ'ib qilish va ommalashtirish yuzasidan fikr almashildi.
Chev Eng Kian respublikada kurash jadal sur'atlarda rivojlanayotganini e'tirof etish barobarida, Malayziya Kurash assotsiatsiyasi va O'zbekiston Kurash federatsiyasi, Kurash xalqaro assotsiatsiyasi, Xalqaro kurash instituti bilan hamkorlik aloqalarni rivojlantirishga tayyorligini bildirdi.
"Joriy yilning 29-avgust – 1-sentyabr kunlari Indoneziyaning Lombok orolida Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlari o'rtasida kurash chempionatini o'tkazish rejalashtirilgan. Unda Malayziya terma jamoasi ham ishtirok etadi", dedi u.
Uchrashuv yakunida Malayziyada kurash sport turini yanada keng targ'ib qilish va rivojlantirish hamkorlikni jadallashtirishga kelishib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Pokistonning markaziy telekanallari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonning yangi elchisi Rim Papasiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Britaniyaning nufuzli nashriyot uyi bilan hamkorlik o‘rnatiladi
Ekspertlar o‘zbek–xitoy munosabatlari istiqboli xususida fikr almashdi