Londonda O'zbekiston va Buyuk Britaniya oliy ta'lim muassasalari o'rtasidagi hamkorlikni jadallashtirish istiqbollari muhokama qilindi
Iyun 27, 2025. 10:57 • 48 soniya
• 93
LONDON, 27-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Ravshan Usmanov Britaniyaning "International College at Robert Gordon University" (ICRGU) direktori Alister Beyker bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot chog'ida O'zbekiston oliy ta'lim muassasalari bilan ikki tomonlama hamkorlikni yo'lga qo'yish istiqbollari ko'rib chiqildi.
Alister Beyker O'zbekistonda oliy ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan yangilanish va o'zgarishlarni yuksak baholadi. Iqtidorli yoshlarning zamonaviy bilimlarni egallashi uchun keng imkoniyatlarning taqdim etilishi, jumladan "El-yurt umidi" jamg'armasining ta'sis etilganligi alohida ta'kidlandi.
Shuningdek, "ICRGU" direktori "ICRGU" O'zbekiston universitetlari bilan o'zaro manfaatli hamkorlikni yo'lga qo'yishga tayyorligini bildirdi.
"International College at Robert Gordon University" – bu Shotlandiyaning Aberdin shahrida joylashgan Robert Gordon University (RGU)ning oliy ta'lim o'quv dasturlari va yo'nalishlariga tayyorlovchi muassasa hisoblanadi.
"ICRGU" farmatsevtika, sog'liqni saqlash, muhandislik va boshqa oliy ta'lim yo'nalishlarida (Business, Engineering, Computing, Architecture, Art & Design) o'quv dasturlarini davom ettirishda ko'nikma hosil qilish uchun ko'maklashadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Pokistonning markaziy telekanallari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonning yangi elchisi Rim Papasiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Britaniyaning nufuzli nashriyot uyi bilan hamkorlik o‘rnatiladi
Ekspertlar o‘zbek–xitoy munosabatlari istiqboli xususida fikr almashdi