Logo

O'zbekiston elchisi Belarus tashqi ishlar vaziriga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi

Fevral 05, 2024. 18:57 • 26 soniya

190
O'zbekiston elchisi Belarus tashqi ishlar vaziriga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi

MINSK, 5-fevral. /"Dunyo" AA /. O'zbekistonning yangi tayinlangan elchisi Raxmatulla Nazarov bugun Belarus tashqi ishlar vaziri Sergey Aleynikka ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tadbir davomida bo'lib o'tgan muloqot chog'ida O'zbekiston-Belarus hamkorligining siyosiy, iqtisodiy va boshqa sohalardagi dolzarb masalalari, ikki mamlakatning integratsion tashkilotlardagi o'zaro hamkorligi istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar davlatlararo muloqotga qo'shimcha dinamika qo'shishdan o'zaro manfaatdorlik bildirdilar.

Uchrashuvda, shuningdek, turli darajadagi qo'shma tadbirlar rejalari xususida ham fikr almashildi.

Belarus TIV veb-saytidan olingan surat

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish