O'zbekistonning yangi tayinlangan elchisi Italiya Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Noyabr 18, 2023. 14:23 • 57 soniya
• 512
RIM, 18-noyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning yangi tayinlangan elchisi Abat Fayzullayev Italiya Prezidenti Serjo Mattarellaga ishonch yorliqlarini topshirdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tantanali marosim Italiya Prezidentining Rim shahridagi rasmiy qarorgohi – "Kvirinale" saroyida bo'lib o'tdi.
Bo'lib o'tgan suhbat davomida Serjo Mattarella joriy yilning 9-11-noyabr kunlari O'zbekistonga amalga oshirgan rasmiy tashrifini yodga oldi va tashrif unda unutilmas taassurotlar qoldirganini qayd etdi.
Uchrashuvda ikki mamlakat o'rtasida strategik muloqotni ilgari surishning yuksak ahamiyati tasdiqlandi, O'zbekiston va Italiyaning siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorligi istiqbollaridan samarali foydalanishdan ikki tomon ham manfaatdorligi ta'kidlandi.
Suhbat yakunida Italiya Prezidenti O'zbekistonning boy tarixiy va madaniy merosi hamda u ziyorat qilgan Samarqand va Xiva shaharlaridagi qadimiy obidalar jozibasini alohida qayd etdi.
Eslatib o'tamiz, Abat Fayzullayev joriy yilning oktyabr oyida O'zbekistonning Italiyadagi elchisi etib tayinlandi. U 2020-2023-yillarda O'zbekistonning Avstriyadagi elchisi bo'lib ishlagan, shuningdek, Vengriyadagi o'rindoshlik asosida elchisi bo'lgan. Bir vaqtning o'zida, O'zbekistonning Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti hamda Venadagi boshqa xalqaro tashkilotlar huzuridagi doimiy vakili lavozimida faoliyat olib borgan.
Abat Fayzullayev 2018-2023-yillarda Rimdagi diplomatik vakolatxonamizga rahbarlik qilgan Otabek Akbarov o'rniga tayinlandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Pokistonning markaziy telekanallari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonning yangi elchisi Rim Papasiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Britaniyaning nufuzli nashriyot uyi bilan hamkorlik o‘rnatiladi
Ekspertlar o‘zbek–xitoy munosabatlari istiqboli xususida fikr almashdi