Logo

O'zbekiston va Irlandiya o'rtasidagi hamkorlik aloqalari yuqori bosqichga ko'tariladi

Iyun 13, 2025. 07:22 • 50 soniya

563
O'zbekiston va Irlandiya o'rtasidagi hamkorlik aloqalari yuqori bosqichga ko'tariladi

DUBLIN, 13-iyun. /"Dunyo AA/. O'zbekistonning Irlandiyadagi elchisi Ravshan Usmanov (qarorgohi London shahrida joylashgan) Dublinda ushbu mamlakat Tashqi ishlar va savdo vazirligi, Qo'shimcha va oliy ta'lim, tadqiqotlar, innovatsiyalar va fan vazirligi rahbariyati bilan uchrashuvlar o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqotlar avvalida Irlandiya tomoni Yangi O'zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarni yuqori baholadi va ikki davlat o'rtasidagi aloqalarni barcha jabhalarda jadallashtirish muhimligini ta'kidladi.

Muloqot chog'ida siyosiy, savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamda ta'lim sohalarida hamkorlikni yanada jadallashtirish masalalari bo'yicha fikr almashildi.

Xususan, qishloq xo'jaligi, AKT, farmatsevtika hamda qayta tiklanuvchi energiya sohalari istiqbolli yo'nalishlar sifatida qayd etildi.

Shuningdek, ikki davlat universitetlari o'rtasida hamkorlik o'rnatish, qo'shma ta'lim va ilmiy dasturlarni amalga oshirish hamda O'zbekiston davlat xizmatchilari uchun Irlandiyada qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini tashkil etish bo'yicha kelishuvlarga erishildi.

Uchrashuvlar yakunida ikki mamlakat o'rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish va kengaytirish uchun mavjud salohiyatni ro'yobga chiqarish bo'yicha doimiy muloqot va sheriklikni yo'lga qo'yish muhimligi ta'kidlandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish