Logo

O'zbekistonning xorijiy mamlakatlardagi elchilari Qoraqalpog'istonning yuksalib borayotgan salohiyati bilan tanishdi

Iyun 08, 2025. 15:28 • 46 soniya

108
O'zbekistonning xorijiy mamlakatlardagi elchilari Qoraqalpog'istonning yuksalib borayotgan salohiyati bilan tanishdi

NUKUS, 8-iyun. /"Dunyo" AA O'zbekistonning Shvetsiyadagi elchisi Rahmatulla Nurimbetov, Polshadagi elchisi Amirsayid A'zamxo'jayev va Latviyadagi elchisi Timur Rahmonov xalqaro hamkorlik istiqbollarini belgilash maqsadida ishchi tashrif bilan Qoraqalpog'iston Respublikasiga bordi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tashrif davomida elchilar Jo'qorg'i Kenges raisi Amanbay Orinbayev hamda Qoraqalpog'iston Respublikasining ta'lim, fan, sog'liqni saqlash, ijtimoiy himoya, inson resurslarini rivojlantirish uchun mas'ul bo'lgan idora va muassasalari vakillari bilan uchrashuvlar o'tkazdilar. Ularda ushbu sohalarga xorijiy va xalqaro grantlar, moliyaviy va texnik ko'makni jalb etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, diplomatlar, Nukus tumanida joylashgan "Bio Gumus" startap loyihasi bilan tanishishdi. Korxona rahbari Sherzod Niyazimbetov bilan zamonaviy texnologiyalar qo'llanilgan holda ishlab chiqarilgan qishloq xo'jaligi mahsulotlarining Yevropa bozorlariga eksport geografiyasini kengaytirish istiqbollari xususida fikr almashildi.

Bundan tashqari, yurtimiz diplomatik missiyalari rahbarlari Amudaryo tumanining iqtisodiy salohiyatini, xususan, qishloq xo'jaligi, baliqchilik, chorvachilik va to'qimachilik sanoatida amalga oshirilgan ishlarni ko'zdan kechirishdi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish