Logo

O'zbekiston elchixonasi va Janubiy Koreya universiteti rahbariyati iqtidorli o'zbek talabalari uchun qo'shimcha stipendiyalar ajratish hamda akademik almashinuv dasturini amalga oshirish to'g'risida kelishib olishdi

Dekabr 13, 2023. 19:03 • 54 soniya

1438
O'zbekiston elchixonasi va Janubiy Koreya universiteti rahbariyati iqtidorli o'zbek talabalari uchun qo'shimcha stipendiyalar ajratish hamda akademik almashinuv dasturini amalga oshirish to'g'risida kelishib olishdi

SEUL, 13-dekabr. "Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Vitaliy Fen Janubiy Koreyaning "Woosong" universiteti prorektori Yu-Tek Li bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Suhbat chog'ida ikki mamlakat o'rtasidagi ta'lim sohasidagi hamkorlikni yana-da rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.


O'zbekistonda bir qator Janubiy Koreya universitetlari muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgani hamda bir necha ming o'zbek talabalarining ushbu mamlakatning nufuzli oliy o'quv yurtlarida ta'lim olayotgani mamnuniyat bilan ta'kidlandi.


 O'zbekiston oliy ta'lim muassasalari va "Woosong" universiteti o'rtasida dolzarb bo'lgan hamkorlik yo'nalishlaridagi aloqalarni mustahkamlash va rivojlantirishga alohida e'tibor qaratildi.


Bo'lib o'tgan uchrashuv natijasida talabalar, olimlar va professor-o'qituvchilarning akademik almashinuvlarini yo'lga qo'yish, hamkorlikdagi ta'lim loyihalari uchun muayyan moliyalashtirish imkoniyatlarini aniqlash, ikki davlatdagi ilmiy muassasalar, tegishli davlat idoralari va oliy ta'lim muassasalari bilan birgalikda turli tadbirlar o'tkazish, O'zbekistonning iqtidorli talabalari uchun qo'shimcha stipendiyalar (grantlar) joriy qilish va boshqa masalalar yuzasidan aniq kelishuvlarga erishildi.


Muzokaralar so'ngida O'zbekiston elchixonasi va "Woosong" universiteti o'rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish