O'zbekiston vakillari IHTning 2026-2035-yillarga mo'ljallangan Harakat dasturini ishlab chiqishda ishtirok etmoqda
Oktabr 02, 2024. 10:18 • 43 soniya
• 237
JIDDA, 2-oktabr. /"Dunyo" AA/. Kecha Saudiya Arabistonining Jidda shahrida Islom hamkorlik tashkilotining (IHT) 2026-2035-yillarga mo'ljallangan Harakat dasturini ishlab chiqishga bag'ishlangan hukumatlararo ekspertlar yig'ilishi o'z ishini boshladi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tadbirda O'zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchixonasi vakillari ishtirok etmoqda.
Yangi dastur IHTning 2016-2025-yillarga mo'ljallangan amaldagi Harakat dasturining mantiqiy davomi bo'lib, tashkilotga a'zo davlatlar o'rtasida turli sohalardagi hamkorlikni mustahkamlashda muhim o'rin tutadi. 2026-2035-yillarga mo'ljallangan dastur ushbu sohalarni yanada rivojlantirish, zamon talablariga javob beradigan yangi tashabbuslarni joriy etishga qaratilgan.
Yig'ilishdan ko'zlangan asosiy maqsad IHT faoliyatining kelgusi yillardagi ustuvor yo'nalishlarini belgilashdan iborat. Ekspertlar va ishtirokchi mamlakatlar vakillari hamkorlikning asosiy masalalarini muhokama qilmoqda.
2026-2035-yillarga mo'ljallangan Harakatlar dasturi ishtirokchi davlatlarning o'zaro hamkorligini kuchaytirishga, IHT ruhi va missiyasiga mos keladigan umumiy maqsadlarga erishishga qaratilgan strategik hujjat bo'lishi kutilmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Pokistonning markaziy telekanallari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonning yangi elchisi Rim Papasiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Britaniyaning nufuzli nashriyot uyi bilan hamkorlik o‘rnatiladi
Ekspertlar o‘zbek–xitoy munosabatlari istiqboli xususida fikr almashdi