Germaniyaning Saksoniya federal o'lkasi bilan kasbiy ta'lim sohasida hamkorlik chuqurlashtiriladi
May 29, 2025. 11:11 • 2 daq
• 52
DREZDEN, 29-may. /"Dunyo" AA/. Saksoniya federal o'lkasining Drezden shahrida dual kasbiy ta'lim sohasida faoliyat yuritib kelayotgan Saksoniya iqtisodiyoti ta'lim markazining 35 yilligiga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda federal o'lkaning siyosat, biznes va ta'lim sohasi vakillari, turli kompaniyalar va tadbirkorlik uyushmalari a'zolari, shuningdek, faxriy mehmon sifatida Saksoniya Bosh vaziri Mixael Kretchmer va O'zbekistonning Germaniyadagi elchisi Dilshod Axatov ishtirok etdi.
Ta'lim muassasaning yubiley sanasida co'zga chiqqanlar dual kasbiy ta'lim sohasidagi hamkorlik doirasida amalga oshirilgan o'zaro tashriflar va ularning natijalari xususida to'xtaldilar. Xususan, o'tgan yili noyabr oyida "BSW" bilan hamkorlikda G'arbiy Saksoniyada "kuzgi kampus" tashkil etilgani, unda o'zbekistonlik o'quvchilarning Saksoniya kompaniyalarida metallurgiya va elektrotexnika mutaxassisliklari bo'yicha amaliyot o'tagani ma'lum qilindi. Shuningdek, jamiyat O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan kadrlar tayyorlash va investitsiya sohasida ham hamkorlik yo'lga qo'yilgani ta'kidlandi.
Saksoniya Bosh vazir Mixael Kretchmer o'zining tabrik so'zida markazni Saksoniyada kasbiy ta'lim uchun ishonchli hamkor deya e'tirof etdi. Uning aytishicha, 35 yil ichida tashkilot malakali mutaxassislar tayyorlash, turli kasblarga o'qitish va malaka oshirish dasturlari bilan xalqaro hamkorlikka ulkan hissa qo'shdi.
Shuningdek, xalqaro ta'lim loyihalarining bugungi kunda Germaniyada mavjud malakali kadrlar taqchilligiga qarshi samarali kurashish va hududiy kompaniyalarning global darajadagi raqobatbardoshligini saqlab qolishda katta ahamiyatga ega ekanligi, bu jarayonda O'zbekiston bilan hamkorlikda yaqqol namoyon bo'layotgani alohida qayd etildi.
BSW prezidenti Saksoniya 2022 yildan buyon O'zbekistonda Germaniya tizimi namunasidagi dual ta'lim tizimini rivojlantirishni qo'llab-quvvatlab kelayotganini hamda Saksoniya kompaniyalari yosh o'zbekistonlik mutaxassislar bilan ishlashga tayyor ekanini bildirdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Pokistonning markaziy telekanallari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonning yangi elchisi Rim Papasiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Britaniyaning nufuzli nashriyot uyi bilan hamkorlik o‘rnatiladi
Ekspertlar o‘zbek–xitoy munosabatlari istiqboli xususida fikr almashdi