Tokio shahridagi "Assalom" jome masjidiga o'zbek tilidagi diniy-ma'rifiy kitoblar topshirildi

Iyun 01, 2024. 14:43 • 2 daq

151
Tokio shahridagi "Assalom" jome masjidiga o'zbek tilidagi diniy-ma'rifiy kitoblar topshirildi

TOKIO, 1-iyun. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimiz elchisi Muhsinxo'ja Abdurahmonov Yaponiya poytaxtidagi "Assalom" jome masjidiga O'zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan taqdim etilgan diniy-ma'rifiy adabiyotlar to'plamini topshirdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Kitoblarni topshirish marosimida masjid imom-xatibi va o'zbek diasporasi faollari ishtirok etdi.


Masjid kutubxonasiga taqdim qilingan mazkur adabiyotlar to'plamidan Qur'oni Karim, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining kitoblari, "Tafsiri hilol", "Baxtiyor oila" va boshqa bir qator muhim kitoblar o'rin olgan.


"Assalom" jome masjidi imomi Muhammad Nazirga xalqlar o'rtasidagi do'stlik va tinchlik rishtalarini mustahkamlashga qo'shayotgan hissasi hamda O'zbekiston fuqarolariga ko'rsatayotgan e'tibor uchun minnatdorlik bildirildi.


Ishtirokchilar mamlakatimizda ko'plab yo'nalishlar qatori diniy ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar, soha faoliyatini yana-da takomillashtirishga qaratilgan dasturlar bilan tanishdilar.


Imom-xatib Muhammad Nazir O'zbekiston ma'naviy merosining boyligi va rang-barangligini yaqqol namoyon etuvchi ushbu kitoblar to'plami uchun minnatdorlik bildirish barobarida, ular masjidga keluvchilar o'rtasida millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni ta'minlashga xizmat qilishini ta'kidladi. U, shuningdek, Tokio markaziy masjidini qayta qurish rejasi haqida ma'lum qildi. Qayd etilishicha, masjid Toshkentdagi shunday majmualar asosida qurilishi rejalashtirilgan. Shu sababli "Assalom" jome masjidi imomi mazkur jabhadagi tajribani o'rganish maqsadida O'zbekistonga tashrif buyurish rejasi borligini bildirdi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish