O‘zbekiston va Kuvayt o‘rtasida madaniyat sohasidagi aloqalar yanada kengaytiriladi
May 29, 2026. 15:40 • 2 daq
• 121
AL-KUVAYT, 29-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Ayubxon Yunusov ushbu Kuvayt axborot va madaniyat vaziri Omar Abdulaziz Al-Omar bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Suhbat davomida 2025-yil fevral oyida davlatimiz rahbarining Kuvaytga amalga oshirgan rasmiy tashrifi doirasida imzolangan madaniyat va sanʼat sohasidagi ikki tomonlama hukumatlararo bitimni amaliy jihatdan faollashtirish muhimligi taʼkidlandi.
2026-yil iyun oyida Namangan shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Xalqaro maqom festivaliga O‘zbekiston madaniyat vaziri tomonidan Al-Omar shaxsan taklif etilgani va Kuvayt vakillarining ushbu nufuzli tadbirda ishtiroki muhim ahamiyatga ega ekani qayd etildi.
Shu bilan birga, 2026-yil aprel oyida Kuvaytda bo‘lib o‘tadigan “O‘zbekiston madaniyati va sanʼati kunlari” tadbirini Yaqin Sharqdagi geosiyosiy vaziyat sababli Kuvayt tomoni taklifiga asosan kelgusi yilga ko‘chirish va uni yuqori saviyada tashkil etish uchun aniq muddat hamda tashkiliy masalalarni puxta ishlab chiqish zarurligi maʼlum qilindi.
Uchrashuvda Kuvaytda faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonlik madaniyat va sanʼat sohasi vakillarini mahalliy madaniy muassasalar va taʼlim markazlariga kengroq jalb qilish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqildi.
O‘z navbatida, Kuvayt tomoni O‘zbekiston bilan madaniy-gumanitar munosabatlarni izchil rivojlantirish, shuningdek madaniyat, sanʼat, musiqa taʼlimi va media sohalarida amaliy hamkorlikni yana-da faollashtirishdan manfaatdor ekanini bildirdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

ASEAN davlatlaridan O‘zbekistonga keladigan ziyoratchilar oqimi sezilarli darajada ortadi



