Logo

Vashingtonda "O'zbekiston biznes yetakchilari" dasturi g'oliblari ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tdi

Avgust 10, 2025. 11:06 • 58 soniya

65
Vashingtonda "O'zbekiston biznes yetakchilari" dasturi g'oliblari ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tdi

VASHINGTON, 10-avgust. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasida AQShning "Amerika kengashlari" tomonidan tashkil etilgan "O'zbekiston biznes yetakchilari" (Uzbekistan Business Leaders Program) dasturi g'oliblari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Uzbekistan Business Leaders Program" dasturi "Amerika kengashlari" tomonidan AQShDavlat departamenti va mazkur mamlakatning O'zbekistondagi elchixonasi ko'magida amalga oshiriladi.

Tadbir O'zbekiston va AQSh o'rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi dinamikasi, aloqalarning drayver tarmoqlari hamda rivojlantirish zarur bo'lgan yo'nalishlar yuzasidan fikr almashish maqsadida tashkil etildi.

 Anjuman avvalida yosh tadbirkorlar uchun elchixona binosida ochilgan muzey, IT Park va Rishton keramika mahsulotlari ko'rgazmasi bo'ylab ekskursiya uyushtirildi. Hamyurtlarimizga O'zbekiston tarixi, madaniyati, milliy davlatchilik an'analari, O'zbekiston va AQSh o'rtasidagi iqtisodiy diplomatiya, siyosiy muloqot hamda ta'lim yo'nalishidagi hamkorlik to'g'risida so'zlab berildi.

 Davra suhbati davomida taklif va tashabbuslar tinglandi. Yangi startap g'oyalar va biznes loyihalar muhokama qilindi. Amerika kengashlari mas'ul xodimining ta'kidlashicha, ushbu dastur ishtirokchilarining yakuniy loyihalari o'rtasida tanlov o'tkazildi. Shuningdek, g'olib deb topilgan loyihalar moliyalashtirish masalasi ishlab chiqilayotganini bildirdi.

O'zbekiston vakillari o'z chiqishlarida AQShning Chikago, Klevlend va Pittsburg shaharlarida olgan bilim va tajribalarini ikki mamlakat o'rtasidagi sheriklikni mustahkamlashga safarbar etishlarini bildirdilar.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish