O'zbek milliy taomlari Buyuk Britaniya poytaxtidagi Trafalgar maydonida taqdim etildi
Iyun 11, 2025. 17:59 • 29 soniya
• 72
LONDON, 11-iyun. /"Dunyo AA/. London meriyasi tomonidan Buyuk Britaniya poytaxtidagi Trafalgar maydonida tashkil etilgan festivalda o'zbek milliy taomlari taqdimoti o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Taqdimot O'zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi va "OshPaz" restorani bilan birgalikda tashkil etildi.
London meri tashabbusi bilan an'anaviy tarzda o'tkazilib kelinadigan mazkur festival doirasida dunyo oshxonasi va pazandachiligining eng ilg'or namoyondalari hamda restoranlari ishtirok etdi.
Tadbir davomida tashrif buyuruvchilarga o'zbek milliy taomlari taqdim etildi, ularni tayyorlash jarayonlari va tarixi haqida ma'lumotlar berildi.
Festival mehmonlarining aksariyati O'zbekiston va milliy taomlari haqida yaxshi bilishlarini ta'kidladilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Pokistonning markaziy telekanallari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonning yangi elchisi Rim Papasiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Britaniyaning nufuzli nashriyot uyi bilan hamkorlik o‘rnatiladi
Ekspertlar o‘zbek–xitoy munosabatlari istiqboli xususida fikr almashdi