Vengriyadagi Sharqshunoslik institutida o'zbek tilini o'qitish istiqbollari muhokama qilindi
Mart 22, 2024. 12:14 • 38 soniya
• 144
BUDAPESHT, 23-mart. /AA "Dunyo"/. O'zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov Budapeshtdagi Etvosh Lorand universiteti qoshidagi Sharqshunoslik instituti direktori Benedek Peri bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Suhbat chog'ida institut direktori O'zbekiston madaniy merosini targ'ib qilish bo'yicha O'zbekiston tomoni bilan qo'shma loyihalarni amalga oshirishdan yuqori qiziqish bildirdi.
Shuningdek, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti, shuningdek, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti bilan yaqin hamkorlik qilish tajribasi muvaffaqiyatli bo'lgani ta'kidlandi.
Vengriya tomoni mamlakatda katta qiziqish uyg'otayotgan o'zbek tilini o'qitishni o'zi rahbarlik qilayotgan Sharqshunoslik institutida tashkil etishda yordam berishga tayyorligini bildirdi.
Suhbat yakunida har ikki tomon uchun ham qiziq bo'lgan boshqa istiqbolli yo'nalishlar bo'yicha hamkorlikni yo'lga qo'yish masalalari muhokama qilindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Pokistonning markaziy telekanallari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonning yangi elchisi Rim Papasiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Britaniyaning nufuzli nashriyot uyi bilan hamkorlik o‘rnatiladi
Ekspertlar o‘zbek–xitoy munosabatlari istiqboli xususida fikr almashdi