Yangi O'zbekistonda amalga oshirilayotgan natijador islohotlar Eronda yuksak baholandi
May 28, 2025. 09:36 • 54 soniya
• 102
TEHRON, 28-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Erondagi elchixonasida Jizzax politexnika instituti bilan hamkorlikda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yangilanishlarning samarali natijalariga bag'ishlangan targ'ibot tadbiri o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda O'zbekiston elchisi Fariddin Nasriyev, Jizzax politexnika instituti rektori Alisher Usmonqulov, Eronning Sharif texnologiyalari universiteti rektori Sayid Abbos Musaviy, Eron-O'zbekiston savdo sanoat palatasi rahbariyati, mezbon mamlakatning yetakchi ishbilarmon doiralari va turizm sohasi vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, blogerlar, faol vatandoshlar va boshqalar ishtirok etdi.
O'zbekiston elchisi Fariddin Nasriyev o'z nutqida so'nggi yillarda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar haqida so'zlab, ushbu islohotlar xalqaro hamjamiyat tomonidan e'tirof etilayotgani alohida urg'uladi.
Yig'ilganlarga Samarqand 2025-yilning kuzida BMTning Ta'lim, fan va madaniyat masalalari bo'yicha tashkiloti (YUNESKO) Bosh konferensiyasining 43-sessiyasiga mezbonlik qilish ma'lum qilindi.
Eron tomoni o'z ma'ruzasida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi. Shuningdek, bu kabi tadbirlar ikki mamlakat o'rtasida o'zaro hamkorlikni yana-da rivojlantirish uchun katta hissa qo'shishi ta'kidlandi.
Tadbir davomida O'zbekistonning turizm salohiyatiga bag'ishlangan taqdimot o'tkazildi va madaniy dastur taqdim etildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Pokistonning markaziy telekanallari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonning yangi elchisi Rim Papasiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Britaniyaning nufuzli nashriyot uyi bilan hamkorlik o‘rnatiladi
Ekspertlar o‘zbek–xitoy munosabatlari istiqboli xususida fikr almashdi