O'zbekistonning investitsiya, eksport va turizm salohiyati Xitoy hududlarida keng targ'ib qilinmoqda
Sentabr 21, 2024. 09:54 • 40 soniya
• 1100
GUANCHJOU, 21-sentabr. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimiz Bosh konsulxonasi tomonidan O'zbekiston investitsiya va eksport salohiyatini yanada oshirish, turizm salohiyatini keng targ'ib qilish maqsadida Xitoy kompaniyalari vakillari ishtirokida "O'zbekiston iqtisodiy va turizm salohiyati" mavzusida taqdimot tadbiri o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Venchjou shahrining Guanchjoudagi Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda tashkil etilgan tadbirda mamlakatimizda so'nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar, biznes uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, hududlarimizning charm, tekstil, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohalaridagi investitsiyaviy loyiha takliflari, eksportbop mahsulotlar to'g'risida ma’lumot berildi.
Bosh konsulxona xodimlari va "Wenzhou Chamber of Commerce" palatasi bosh kotibi Chjen Chjou o'rtasida kechgan muloqotda O'zbekiston ishlab chiqaruvchilari va xitoylik importyor hamda salohiyatli investorlar ishtirokida ikki tomonlama muzokaralar o'tkazish, shuningdek, o'zaro biznes missiyalarini tashkil etishga kelishib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Pokistonning markaziy telekanallari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonning yangi elchisi Rim Papasiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Britaniyaning nufuzli nashriyot uyi bilan hamkorlik o‘rnatiladi
Ekspertlar o‘zbek–xitoy munosabatlari istiqboli xususida fikr almashdi