Britaniyaning strategik kommunikatsiyalar sohasidagi yetakchi kompaniyasi bilan hamkorlik yo'lga qo'yiladi
Avgust 25, 2025. 11:32 • 46 soniya
• 60
LONDON, 25-avgust. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimiz elchixonasida Buyuk Britaniyaning "Hudson Sandler" kompaniyasining Markaziy Osiyo bo'yicha mas'ul vakillari Charli Jek va Kristina Gaysina bilan uchrashuv bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muzokaralar chog'ida O'zbekiston-Britaniya ikki tomonlama kun tartibini izchil kengaytirish maqsadida yuqori darajadagi tadbirlarni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, "G2B" va "B2B" formatidagi hamkorlikni kuchaytirish, Britaniyaning yirik kompaniya va brendlari bilan yaqin aloqalarni yo'lga qo'yish muhim ahamiyatga ega ekani ta'kidlandi. Shuningdek, O'zbekiston kompaniyalarining xalqaro kapital bozorlariga chiqishiga tizimli ko'mak berish ustuvor vazifa ekanligi qayd etildi.
Uchrashuv yakunida kelgusida rejalashtirilgan tadbirlarni hukumat va biznes doiralarni jalb etgan holda yuqori darajada tashkil etish borasidagi sa'y-harakatlarni muvofiqlashtirishga kelishib olindi.
1986-yilda tashkil etilgan "Hudson Sandler" kompaniyasi strategik kommunikatsiyalar va konsalting xizmatlarini ko'rsatadi. Shuningdek, mijozlariga korporativ boshqaruv, yirik kompaniya va brendlar bilan kommunikatsiyalar o'rnatishga qaratilgan xizmatlarni taklif etadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Pokistonning markaziy telekanallari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonning yangi elchisi Rim Papasiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Britaniyaning nufuzli nashriyot uyi bilan hamkorlik o‘rnatiladi
Ekspertlar o‘zbek–xitoy munosabatlari istiqboli xususida fikr almashdi