Shvetsiyada o'tkazilgan ko'rgazma o'zbek adabiyotiga bag'ishlandi
May 26, 2025. 17:59 • 48 soniya
• 128
STOKGOLM, 26-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi va O'zbek milliy madaniy markazi tashabbusi bilan Stokgolm shahrida joylashgan Salems kutubxonasida o'zbek adabiyotiga bag'ishlangan ko'rgazma tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mazkur tadbir doirasida Toshkentdagi Xalqaro Nordik universiteti tomonidan taqdim etilgan o'zbek adabiyotining eng sara asarlari taqdimoti, shuningdek, bolalar o'rtasida uchun tanlovlar o'tkazildi.
Unda Shvetsiya ta'lim muassasalari vakillari va Stokgolmda istiqomat qilayotgan vatandoshlar qatnashdi. Xorijiy mehmonlar O'zbekiston adabiyoti, boy madaniy merosi va madaniyatiga katta qiziqish bildirdi.
Zilola Yo'lchiyeva, O'zbek milliy madaniy markazi rahbari:
– Ko'rgazma doirasida o'zbek milliy adabiyoti kitoblari taqdimoti va boy madaniyatimizni namoyon qiluvchi qiziqarli tanlovlar tashkil etildi.
Shvetsiyaliklar o'zbek adabiyoti va madaniyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo'ldilar. Ishtirokchilarga Buyuk ipak yo'lining ahamiyati, ta'lim va ilm-ma'rifat rivojiga qo'shgan hissasi haqida so'zlab berildi.
Shunga o'xshash tadbirlar chet elda vaqtincha bo'lib turgan vatandoshlarimizni jipslashtiradi, o'zbek tili va madaniyatining rivojlanishi, millatlararo mustahkam do'stona aloqalarni mustahkamlashga zamin yaratadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Pokistonning markaziy telekanallari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonning yangi elchisi Rim Papasiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Britaniyaning nufuzli nashriyot uyi bilan hamkorlik o‘rnatiladi
Ekspertlar o‘zbek–xitoy munosabatlari istiqboli xususida fikr almashdi