Zahiriddin Muhammad Boburning "Boburnoma" asari va Abdulla Qodiriyning "O'tkan kunlar" romanining arab tilidagi nashrlari Masqat universitetiga taqdim etildi
Iyun 03, 2025. 15:40 • 59 soniya
• 660
MASQAT, 3-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi diplomatlari Masqat universiteti rahbariyati bilan uchrashdilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda joriy yil 15-aprel kuni Buxoro viloyati delegatsiyasining mazkur universitetga amalga oshirgan tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni hayotga tatbiq etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, O'mon tomoniga 2025-yilda YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi Samarqand shahrida o'tkazilishi, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Toshkent shahrida bunyod etilayotgan O'zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi haqida so'zlab berildi.
O'zbekiston Prezidentining "2025-2026-yillarda sayyohlar oqimini keskin ko'paytirish va turistik xizmatlar ko'lamini jadal kengaytirish orqali turizmning iqtisodiyotdagi o'rni va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qaroriga asosan, O'mon fuqarolari 1 iyun sanasidan boshlab mamlakatimizga 30 kungacha vizasiz qolishlari mumkinligi ma'lum qilindi.
Uchrashuv yakunida Abdulla Qodiriyning "O'tkan kunlar" romani va Zahiriddin Muhammad Boburning arab tilida qayta nashr etilgan "Boburnoma" asari universitet kutubxonasiga taqdim etildi.
Mazkur kitoblar universitet rahbariyati tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilindi. Xususan, Masqat universitetining Ma'muriyat va moliya masalalari direktori Doktor Qays Al Ruboi yurtimizdan ko'plab allomalar yetishib chiqqanini va ularning jahon sivilizatsiyasiga qo'shgan hissasi ulkan ekanligini alohida qayd etdi. U, shuningdek, mazkur universitet O'zbekiston oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikni jadallashtirishdan manfaatdorligini bildirdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Pokistonning markaziy telekanallari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonning yangi elchisi Rim Papasiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Britaniyaning nufuzli nashriyot uyi bilan hamkorlik o‘rnatiladi
Ekspertlar o‘zbek–xitoy munosabatlari istiqboli xususida fikr almashdi