O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Istanbul shahrida bo'lib o'tgan IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining 51-sessiyasida ishtirok etdi
Iyun 22, 2025. 00:18 • 51 soniya
• 58
TOSHKENT, 21-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Istanbul shahrida bo'lib o'tgan Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) Tashqi ishlar vazirlari kengashining 51-sessiyasida ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Bugun biz Istanbul shahrida IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining 51-sessiyasida jahonda beqarorlik kuchayib borayotgan o'ta notinch va murakkab bir paytda yig'ildik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Diplomatiya asosida zarur yechimlarni ishlab chiqish uchun umumiy sa'y-harakatlarimizni birlashtirish muhim ahamiyatga ega. Biz doimo barcha ziddiyatlarni muzokara yo'li bilan hal etishga chaqirganmiz.
Markaziy Osiyo mintaqasi hech qachon hozirgidek birlashmagan edi – biz har qanday masalaga barcha uchun manfaatli eng maqbul yechimlarni birgalikda topishimiz mumkinligini amalda isbotladik.
O'zbekiston birlik, adolat va muloqot tarafdoridir – ayniqsa, islom olamida keskinlashib borayotgan mojarolar fonida bu yanada dolzarbdir. Biz tinchlikka erishish, xalqaro huquq normalariga rioya qilish va insonparvarlik tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash zaruratini yana bir bor qat'iy ta'kidladik".
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Burundining O‘zbekistondagi birinchi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Braziliyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Venada “Markaziy Osiyo – Shimoliy Yevropa” formatidagi birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston TIV rahbari Venada Gruziya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi