O‘zbekiston TIV rahbari Venada Gruziya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi
Dekabr 05, 2025. 10:14 • 31 soniya
• 137
TOSHKENT, 5-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha Venada Gruziya tashqi ishlar vaziri Maka Botchorishvili bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Gruziya tashqi ishlar vaziri Maka Botchorishvili xonim bilan samarali uchrashuv o‘tkazdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi iliq va do‘stona munosabatlarni yana bir bor tasdiqlab, siyosiy, iqtisodiy, madaniy va mintaqaviy yo‘nalishlarda hamkorlikni yanada rivojlantirish imkoniyatlarini muhokama qildik.
Muloqotimiz davomida dolzarb global jarayonlar haqida fikr almashdik. Mintaqamizda barqarorlik, muloqot va hamkorlikni mustahkamlashning ahamiyatini alohida taʼkidlab o‘tdik”.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Burundining O‘zbekistondagi birinchi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Braziliyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Venada “Markaziy Osiyo – Shimoliy Yevropa” formatidagi birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston TIV rahbari Venada Germaniya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi