Venada “Markaziy Osiyo – Shimoliy Yevropa” formatidagi birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Dekabr 05, 2025. 10:47 • 42 soniya
• 195
TOSHKENT, 5-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha Vena shahrida “Markaziy Osiyo – Shimoliy Yevropa” yangi formatining birinchi uchrashuvida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Markaziy Osiyo – Shimoliy Yevropa” yangi formatidagi ilk uchrashuvni o‘tkazishdan mamnunmiz, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Ushbu muloqot joriy yil Samarqandda bo‘lib o‘tgan va hamkorligimizni strategik sheriklik darajasiga ko‘targan “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” sammiti natijalarining mantiqiy davomi sifatida tashkil etildi.
Har ikki mintaqaning o‘zaro hamkorlikni chuqurlashtirish uchun ulkan, hali to‘liq ishga solinmagan salohiyatga ega ekanini taʼkidladik. Hamkorligimizni kengaytirish va uni aniq, istiqbolga yo‘naltirilgan tashabbuslar bilan boyitish vaqti keldi, deb hisoblaymiz”.
Uchrashuvda Shimoliy Yevropa mamlakatlari – Islandiya, Daniya, Norvegiya, Shvetsiya va Finlyandiya TIV rahbarlari ishtirok etdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Burundining O‘zbekistondagi birinchi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Braziliyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
O‘zbekiston TIV rahbari Venada Gruziya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi
O‘zbekiston TIV rahbari Venada Germaniya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi