Braziliyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Dekabr 09, 2025. 17:23 • 41 soniya
• 176
TOSHKENT, 9-dekabr. / “Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Braziliyaning yangi tayinlangan elchisi Serjio Rodriges dos Santos qabul qildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Braziliyaning yangi tayinlangan elchisi Serjio Rodriges dos Santos janoblarining ishonch yorliqlarini qabul qildik, - deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. - Ikki tomonlama munosabatlarning jadal rivojlanayotgan dinamikasini muhokama qildik hamda geografik uzoqlikka qaramay, mamlakatlarimiz birgalikda samarali foydalanishi mumkin bo‘lgan ko‘plab imkoniyatlarni ko‘rib chiqdik.
Elchi janoblariga mamlakatimizdagi faoliyati davomida muvaffaqiyatlar tilaymiz”.
Braziliyaning yangi elchisi 57 yoshda. 1995-yildan beri Braziliya Tashqi ishlar vazirligi va xorijiy muassasalarda masʼul lavozimlarda faoliyat yuritib kelgan.
Serjio Rodriges dos Santos 2022-2025 yillarda Braziliyaning Toshkentdagi elchisi sifatida akkreditatsiyadan o‘tgan Rodrigo de Lima Baena Soares o‘rniga tayinlangan.
“Dunyo” AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Burundining O‘zbekistondagi birinchi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Venada “Markaziy Osiyo – Shimoliy Yevropa” formatidagi birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston TIV rahbari Venada Gruziya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi
O‘zbekiston TIV rahbari Venada Germaniya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi