Logo

O‘zbekiston TIV rahbari YXHT Vazirlar kengashi yig‘ilishi doirasida qator uchrashuvlar o‘tkazdi

Dekabr 05, 2025. 10:48 • 41 soniya

136

TOSHKENT, 5-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Vena shahrida bo‘lib o‘tgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti vazirlar kengashining 32-yig‘ilishi doirasida qator uchrashuvlar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“YXHT Vazirlar kengashining 32-yig‘ilishi hamkasblarimiz bilan ikki tomonlama masalalardan tortib, mintaqaviy va global jarayonlargacha bo‘lgan turli mavzularda fikr almashish uchun samarali maydon vazifasini o‘tadi, deb yozdi O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘zining telegram-kanalida. – Muhokamalarimiz, ayniqsa, global keskinlik va geosiyosiy bo‘linish kuchayib borayotgan bir paytda, ochiq muloqot yo‘llarini saqlab qolish muhimligini yana bir bor ko‘rsatdi.

Hamkorlarimiz bilan samarali fikr almashish natijasida yondashuvlarni taqqoslash, ustuvor yo‘nalishlarni kelishib olish hamda xavfsizlik, o‘zaro bog‘liqlik, barqaror rivojlanish va boshqa sohalarda birgalikda harakat qilish uchun yangi istiqbollarni o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ldik”.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish