O'zbekiston TIV rahbari Ozarbayjonning Gabala shahrida bo'lib o'tgan Turkiy davlatlar tashqi ishlar vazirlari kengashi yig'ilishida ishtirok etdi
Oktabr 07, 2025. 16:47 • 47 soniya
• 275
TOSHKENT, 7-oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Ozarbayjonning Gabala shahrida bo'lib o'tgan Turkiy davlatlar tashqi ishlar vazirlari kengashi yig'ilishida ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti arafasida Ozarbayjonning Gabala shahrida bo'lib o'tayotgan Turkiy davlatlar tashqi ishlar vazirlari kengashi yig'ilishida ishtirok etishdan mamnunmiz, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Yig'ilish davomida bo'lajak sammitga tayyorgarlik jarayonlari, shuningdek, turkiy davlatlar o'rtasidagi hamkorlikni yana-da mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Muhim yo'nalishlar qatorida iqtisodiy hamkorlik, transport va logistika, migratsiya jarayonlari, raqamli transformatsiya hamda madaniy aloqalarni rivojlantirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Kuchayib borayotgan global chaqiriqlar sharoitida turkiy davlatlar birdamligi barqarorlikning muhim tayanchlaridan biri bo'lib qolmoqda. Biz tinchlik, xavfsizlik va barqaror rivojlanishni mustahkamlash yo'lida birlashgan holda, turkiy dunyoning taraqqiyoti va farovonligi sari dadil qadam tashlamoqdamiz".
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Burundining O‘zbekistondagi birinchi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Braziliyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Venada “Markaziy Osiyo – Shimoliy Yevropa” formatidagi birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston TIV rahbari Venada Gruziya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi