Falastin elchisi O'zbekistondagi diplomatik faoliyatini yakunlamoqda
Oktabr 08, 2025. 18:00 • 30 soniya
• 548
TOSHKENT, 8-oktabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Falastin elchisi Javad Muhammad Avadni qabul qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Mamlakatimizda o'z faoliyatini yakunlayotgan Falastinning O'zbekistondagi Elchisi Javad Muhammad Avad janoblari bilan uchrashdik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – O'zbekiston-Falastin munosabatlarini mustahkamlash va xalqlarimiz o'rtasidagi do'stlikni chuqurlashtirish yo'lidagi Elchinining sa'y-harakatlariga chin dildan minnatdorlik bildiramiz. O'zbekiston BMT rezolyutsiyalariga muvofiq, "ikki xalq uchun – ikki davlat" tamoyilini amalga oshirishning qat'iy tarafdori.
Elchi janoblariga kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz".
"Dunyo" AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Burundining O‘zbekistondagi birinchi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Braziliyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Venada “Markaziy Osiyo – Shimoliy Yevropa” formatidagi birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston TIV rahbari Venada Gruziya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi