O'zbekiston TIV rahbari: Ikki tomonlama munosabatlarimiz umumiy tarix va boy madaniy merosga tayangan holda misli ko'rilmagan sur'atlar bilan rivojlanmoqda
Sentabr 26, 2025. 11:56 • 37 soniya
• 228
TOSHKENT, 26-sentyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Nyu-York shahrida Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin janoblari bilan uchrashdik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Ikki tomonlama munosabatlarimiz umumiy tarix va boy madaniy merosga tayangan holda misli ko'rilmagan sur'atlar bilan rivojlanmoqda. Shu ruhda biz strategik sheriklik va ittifoqchilik aloqalarini yana-da mustahkamlash, barcha sohalarda hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e'tibor qaratdik.
O'zbekiston va Tojikiston do'stlikni yanada chuqurlashtirish hamda tinchlik, barqarorlik va farovonlikka asoslangan umumiy kelajakni birgalikda barpo etishga sodiqdir".
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Burundining O‘zbekistondagi birinchi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Braziliyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Venada “Markaziy Osiyo – Shimoliy Yevropa” formatidagi birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston TIV rahbari Venada Gruziya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi