Logo

O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Nyu-Yorkda Bolgariya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Sentabr 26, 2025. 12:12 • 30 soniya

247
O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Nyu-Yorkda Bolgariya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

TOSHKENT, 26-sentyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Nyu-York shahrida Bolgariya tashqi ishlar vaziri Georg Georgiyev bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Bolgariya tashqi ishlar vaziri Georg Georgiyev janoblari bilan uchrashdik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Suhbatimiz davomida O'zbekiston va Bolgariya o'rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlash, iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, savdo va investitsiya oqimini oshirish kabi masalalarga urg'u berdik.


Aloqalarimizni rivojlantirishning yangi yo'nalishlarini izlash hamda madaniy va ta'lim sohasidagi almashinuvlarni kengaytirish masalalarini ham muhokama qildik".

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish