Logo

O'zbekiston va Qozog'iston TIV rahbarlari telefon orqali muloqot chog'ida strategik sheriklik hamda ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash yo'llarini muhokama qildilar

May 15, 2025. 10:34 • 40 soniya

746
O'zbekiston va Qozog'iston TIV rahbarlari telefon orqali muloqot chog'ida strategik sheriklik hamda ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash yo'llarini muhokama qildilar

TOSHKENT, 15 may. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Qozog'iston Bosh vaziri o'rinbosari va tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Qozog'iston Bosh vaziri o'rinbosari va tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu janoblari bilan telefon orqali samarali muloqot qildik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Mintaqaviy barqarorlik, iqtisodiy hamkorlik va madaniy aloqalarni rivojlantirishga bo'lgan umumiy intilishlarimiz asosida O'zbekiston-Qozog'iston o'rtasidagi strategik sheriklik hamda ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash yo'llarini muhokama qildik.

Mamlakatlarimiz har bir sohada hech qanday istisnosiz o'zaro maqsadlarga erishish yo'lida yaqindan hamkorlik qilishda davom etmoqda".

"Dunyo" AA arxividan olingan surat

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish