Logo

O'zbekiston va Xitoy TIV rahbarlari ikki tomonlama aloqalardagi yuqori dinamikani davom ettirishga kelishib oldilar

Aprel 25, 2025. 21:46 • 45 soniya

151
O'zbekiston va Xitoy TIV rahbarlari ikki tomonlama aloqalardagi yuqori dinamikani davom ettirishga kelishib oldilar

TOSHKENT, 25-aprel. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Olmaota shahrida Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo'mitasi Siyosiy byurosi a'zosi, Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Bugun Olmaotada Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo'mitasi Siyosiy byurosi a'zosi, Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I janoblari bilan samarali uchrashuv o'tkazdik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – O'zbekiston va Xitoy o'rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini chuqurlashtirish masalalari yuzasidan ochiq va atroflicha fikr almashdik. Suhbatimiz savdo, transport-logistika aloqalari, mintaqaviy xavfsizlik va xalqaro hamkorlik kabi keng ko'lamli yo'nalishlarni qamrab oldi.

O'zbekistonning taraqqiyotini doimiy qo'llab-quvvatlayotgani, shuningdek, barqaror, farovon va o'zaro bog'langan mintaqani barpo etishga qaratilgan umumiy intilishlarimiz uchun Xitoy tomoniga minnatdorlik bildiramiz. Ikki tomonlama aloqalarimizdagi yuqori dinamikani davom ettirishga kelishib oldik".

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish