O'zbekiston va Pokiston TIV rahbarlari telefon orqali muloqot chog'ida ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar
May 25, 2025. 12:53 • 39 soniya
• 675
TOSHKENT, 25-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Pokiston Senati a'zosi, Bosh vazir o'rinbosari va tashqi ishlar vaziri Muhammad Is'hoq Dar bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Pokiston Respublikasi Senatori, Bosh vazir o'rinbosari va tashqi ishlar vaziri Muhammad Is'hoq Dar janoblari bilan telefon orqali muloqot qildik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram kanalida. – Tashqi ishlar vazirliklari Rahbarlarimiz o'rtasida erishilgan barcha kelishuvlarni o'z vaqtida amalga oshirish yo'lida yaqin hamkorlikni davom ettirishini ta'kidladik.
Ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash, o'zaro savdoni faollashtirish va mintaqaviy bog'liqlikni rivojlantirish, jumladan, O'zbekiston-Afg'oniston-Pokiston temir yo'li loyihasini muhokama qildik.
"Dunyo" AA arxividan olingan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Burundining O‘zbekistondagi birinchi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Braziliyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Venada “Markaziy Osiyo – Shimoliy Yevropa” formatidagi birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston TIV rahbari Venada Gruziya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi