O'zbekiston va Buyuk Britaniya TIV rahbarlari Londonda bo'lib o'tgan muzokaralar chog'ida o'zaro farovonlik va barqarorlik yo'lidagi umumiy intilishlarni tasdiqladilar
May 19, 2025. 19:21 • 44 soniya
• 1427
TOSHKENT, 19-may. "Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov London shahriga amaliy tashrifi davomida bugun Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Bugun London shahrida Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi janoblari bilan uchrashishdan mamnunmiz, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – O'zbekiston-Buyuk Britaniya o'rtasidagi munosabatlar mustahkamlanib borayotganini aks ettiruvchi 2025-yilga mo'ljallangan keng va istiqbolli kun tartibini muhokama qildik.
Savdo va investitsiyadan tortib madaniy aloqalar va global chaqiriqlargacha bo'lgan sohalarni qamrab olgan hamkorligimizdagi yangi imkoniyatlar yuzasidan fikr almashdik. O'zaro farovonlik va barqarorlik yo'lidagi umumiy intilishlarimizni yana bir bor tasdiqladik.
Uchrashuvimiz yakunida vazirliklarimiz o'rtasida 2025-2026-yillarga mo'ljallangan Hamkorlik dasturini imzoladik. Samimiy mehmondo'stlik va samarali muloqot uchun minnatdormiz".
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari AQSH delegatsiyasi bilan uchrashdi
O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Qirg'iziston Prezidenti tomonidan qabul qilindi
Kobulda birinchi O'zbekiston-Afg'oniston siyosiy maslahatlashuvlari bo'lib o'tdi