Logo

O'zbekiston va Belarus tashqi ishlar vazirlari ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirishga bo'lgan intilishlarini tasdiqladilar

Sentabr 26, 2025. 12:06 • 32 soniya

253
O'zbekiston va Belarus tashqi ishlar vazirlari ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirishga bo'lgan intilishlarini tasdiqladilar

TOSHKENT, 26-sentyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Nyu-York shahrida Belarus tashqi ishlar vaziri Maksim Rijenkov bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Belarus tashqi ishlar vaziri Maksim Rijenkov janoblari bilan uchrashishdan mamnunmiz, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Muloqot davomida O'zbekiston va Belarus o'rtasidagi munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari ko'rib chiqildi. Siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo va investitsiya imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, madaniy-gumanitar hamkorlikni chuqurlashtirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.


O'zbekiston xalqlarimiz manfaatlari yo'lida Belarus bilan hamkorlikni yanada kengaytirishda davom etadi".

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish