O'zbekiston va Jazoir ishonchli hamkorlar bo'lib, kelgusida muloqotni yanada chuqurlashtirish va hamkorlikni kengaytirishga qat'iy intilmoqda
Sentabr 26, 2025. 11:48 • 39 soniya
• 238
TOSHKENT, 26-sentyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Nyu-York shahrida Jazoir tashqi ishlar vaziri Ahmed Attaf bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.
"Jazoir tashqi ishlar vaziri Ahmed Attaf janoblari bilan ochiq va mazmunli uchrashuv o'tkazdik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Muloqot chog'ida ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash, iqtisodiy va savdo hamkorligini kengaytirish, shuningdek, madaniy va ta'lim sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, mintaqaviy va ko'p tomonlama masalalarda yaqin hamkorlikning ahamiyati ta'kidlanib, tinchlik va barqaror taraqqiyotga bo'lgan umumiy intilishimiz yana bir bor tasdiqlandi.O'zbekiston va Jazoir ishonchli hamkorlar bo'lib, kelgusida muloqotni yanada chuqurlashtirish va hamkorlikni kengaytirishga qat'iy intilmoqda".
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Burundining O‘zbekistondagi birinchi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Braziliyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Venada “Markaziy Osiyo – Shimoliy Yevropa” formatidagi birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston TIV rahbari Venada Gruziya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi