Toshkentda O'zbekiston, Qirg'iziston va Tojikiston o'rtasidagi davlat chegaralari tutashgan nuqtasi to'g'risidagi Shartnomaning ratifikatsiya yorliqlari bilan almashish to'g'risidagi Bayonnoma imzolandi
Noyabr 15, 2025. 20:32 • 2 daq
• 328
TOSHKENT, 15-noyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston, Qirg'iziston va Tojikiston tashqi ishlar vazirlari bugun uch mamlakat o'rtasidagi davlat chegaralari tutashgan nuqtasi to'g'risidagi Shartnomaning ratifikatsiya yorliqlari bilan almashish to'g'risidagi Bayonnomani imzoladilar, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Bugungi kun Markaziy Osiyodagi qo'shnichilik munosabatlari tarixida haqiqatan ham muhim va ijobiy bosqich bo'ldi, - deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov o'zining telegram-kanalida. - Qirg'iziston va Tojikistonlik hamkasblarimiz bilan birgalikda mamlakatlarimiz o'rtasidagi davlat chegaralari tutashgan nuqtasi to'g'risidagi Shartnomaning ratifikatsiya yorliqlari bilan almashish to'g'risidagi Bayonnomani imzoladik.
Bu muhim qadam konstruktiv muloqot, o'zaro ishonch hamda hukumatlarimizning mintaqada tinchlik, barqarorlik va birdamlikni mustahkamlashga bo'lgan umumiy intilishi natijasi hisoblanadi.
Ratifikatsiya jarayonining yakunlanishi nozik masalalarni diplomatiya, o'zaro hurmat va uzoqni ko'ra bilish orqali hal etishdagi umumiy salohiyatimizni namoyon etadi".
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi