Toshkentda Markaziy Osiyo tashqi ishlar vazirlari yig'ilishi bo'lib o'tdi
Noyabr 15, 2025. 20:10 • 2 daq
• 277
TOSHKENT, 15-noyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Ozarbayjon, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O'zbekiston tashqi siyosat idoralari rahbarlari yig'ilishida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuviga tayyorgarlik doirasida Ozarbayjon, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston va Turkmanistonlik hamkasblarim bilan samarali yig'ilish o'tkazdik, - deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. - Hamkorlikni mustahkamlash va mintaqamizning umumiy farovonligini yanada oshirish uchun keng ko'lamli imkoniyatlarni ko'rib chiqdik.
Muhokamalarimiz bir qator muhim masalalarga, jumladan, sammit kun tartibi loyihasi, asosiy qarorlar va Markaziy Osiyoda hamkorlikning kelajakdagi yo'nalishini belgilaydigan yakuniy hujjatlar ro'yxatiga qaratildi.
Integratsiyani qo'llab-quvvatlash, o'zaro ishonchni mustahkamlash va umumiy chaqiriqlarni birgalikda hal etish borasidagi intilishlarimizda yakdilmiz".
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi