Logo

Vashingtonda AQSh va Markaziy Osiyo tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi bo'lib o'tdi

Noyabr 06, 2025. 11:02 • 2 daq

697
Vashingtonda AQSh va Markaziy Osiyo tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi bo'lib o'tdi

TOSHKENT, 6-noyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha Vashingtonda bo'lib o'tgan "C5+1" formatidagi tashqi siyosat idoralari rahbarlarining uchrashuvida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Vashington shahrida hamkasblarimiz bilan birgalikda "C5+1" platformasining o'n yilligini nishonladik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining  telegram-kanalida. – Samimiy qabul uchun AQSh Davlat kotibi Marko Rubio janoblariga chuqur minnatdorlik bildiramiz. Barchamiz Markaziy Osiyo va AQSh o'rtasidagi o'zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, savdo va investitsiya aloqalarini kengaytirish, hamda mintaqaviy barqarorlik va doimiy taraqqiyotni ta'minlash yo'lida birgalikda harakat qilmoqdamiz.

O'zbekiston mintaqamizda tinchlik, farovonlik va umumiy rivojlanish yo'lida konstruktiv muloqot va amaliy hamkorlikni davom ettirish borasidagi sodiqligini yana bir bor tasdiqlaydi".

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish