Logo

O'zbekiston diplomatlari Xabarovsk o'lkasi rahbariyati va vatandoshlar bilan uchrashdi

Oktabr 14, 2024. 09:40 • 2 daq

152
O'zbekiston diplomatlari Xabarovsk o'lkasi rahbariyati va vatandoshlar bilan uchrashdi

XABAROVSK, 14-oktabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasi xodimlari xizmat safari bilan Rossiyaning Xabarovsk o'lkasiga bordi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Safari davomida Xabarovsk o'lkasi gubernatori Dmitriy Demeshin, saylov komissiyasi raisi Denis Kuzmenko va vatandoshlar bilan uchrashuvlar o'tkazildi.


Gubernator Dmitriy Demeshin bilan bo'lib o'tgan uchrashuv davomida, O'zbekiston hududlari va Xabarovsk o'lkasi o'rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalaridagi ikki tomonlama hamkorlikning joriy holati muhokama qilindi.  O'zbekistonda ishlab chiqarilayotgan maishiy texnika jihozlari, tekstil, gilam, meva-sabzavot, quritilgan mevalar va boshqa mahsulotlarini to'g'ridan-to'g'ri Xabarovskga eksportini ko'paytirish, turistlar almashinuvini oshirish, ijtimoiy ta'lim yo'nalishi va O'zbekiston fuqarolarini uyushgan holda ishga joylashtirish kabi masalalarga alohida e'tibor qaratildi.


O'zbekiston vakili 16-23-oktabr kunlari Xabarovsk o'lkasida bo'lib turgan O'zbekiston fuqarolarining konstitutsiyaviy huquqlaridan foydalanishlariga shart-sharoit yaratib berish maqsadida muddatidan oldin ovoz berish nuqtalari tashkil etilishini ma'lum qildi.


Gubernator Xabarovsk o'lkasida bo'lib turgan O'zbekiston fuqarolarining bo'lajak saylovda faol ishtirok etishlarini ta'minlash uchun barcha sharoitlar yaratib berilishini ta'kidladi.


 Safar davomida Xabarovsk o'lkasi saylov komissiyasi raisi Denis Kuzmenko uchrashuv o'tkazildi. Unda Xabarovsk o'lkasida bo'lib turgan hamyurtlarimizning O'zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari saylovida ovoz berishlari uchun zarur sharoitlarni yaratish masalalari muhokama qilindi.


 Rossiya vakiliga O'zbekiston saylov qonunchiligiga kiritilgan o'zgartishlar, xorijda tashkil etilayotgan saylov uchastkalari, siyosiy partiyalar tomonidan ilgari surilayotgan dasturlar haqida so'zlab berildi.


Xabarovsk o'lkasida O'zbekiston fuqarolari nisbatan ko'pchilikni tashkil etadigan 27 ta joyda ko'chma ovoz berish nuqtalari tashkil etilishi rejalashtirilgani ma'lum qilindi.


Denis Kuzmenko ham Xabarovsk o'lkasi saylov komissiyasi tomonidan kerakli bo'lgan barcha yordam ko'rsatilishini bildirdi.


 Tashrif davomida diplomatlar Xabarovsk shahridagi Uzoq Sharq davlat tibbiyot universiteti rahbariyati va ushbu universitetda tahsil olayotgan vatandosh talabalar bilan muloqot qildi.


Uchrashuvda talabalarga mamlakatimizda sodir bo'layotgan ijtimoiy-siyosiy voqealar xususan, tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar va yosh tibbiyot xodimlari uchun yaratib berilayotgan yangi imkoniyatlar to'g'risida batafsil so'zlab berildi. Shuningdek, talabalar joriy yilning 27 oktyabr kuniga belgilangan O'zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari saylovida faol ishtirok etishga chaqirildilar.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish