Logo

"Debat Xoll" – O'zbekistonda bo'lib o'tgan parlament sayloviga tayyorgarlik jarayonida ochiq siyosiy munozaralar maydoniga aylandi

Noyabr 25, 2024. 17:26 • 52 soniya

372
"Debat Xoll" – O'zbekistonda bo'lib o'tgan parlament sayloviga tayyorgarlik jarayonida ochiq siyosiy munozaralar maydoniga aylandi

TOSHKENT, 25-oktabr. /"Dunyo" AA/. Joriy yilning 27-oktabr kuni bo'lib o'tadigan O'zbekiston parlamenti saylovi jarayonlarni yoritish va deputatlikka nomzodlar o'rtasida debatlar tashkil qilish maqsadida  poytaxtimizda "Debat Xoll" media-markazi ochilgan edi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Ushbu loyiha O'zbekiston Milliy media birlashmasi va Xalqaro press-klub hamkorligida amalga oshirildi.

Ta'kidlash kerakki, 27-sentabr kuni birinchi munozara bilan ochilgan "Debat Xoll"  faoliyati bir oy davomida media vakillari uchun muhim platforma vazifasini o'tab berdi. "Debat Xoll"da saylovga oid sessiyalar, eksklyuziv intervyu va reportajlar, jumladan jurnalistlar uchun treninglar hamda yosh saylovchilarga bag'ishlangan maxsus dasturlar tashkil etildi. Xususan, bu murakkab, ammo qiziqarli davrda 5 debat, 5 siyosiy partiya brifingi, 16 panel sessiyasi va 6 jurnalistlar uchun trening o'tkazildi.

Yuqori tashkilotchilik va xalqaro standartlar asosida bo'lib o'tgan O'zbekiston parlamenti saylovi kampaniyasining borishi, saylov kuni haqidagi ma'lumotlarni OAVga tezkorlik bilan yetkazishda "Debat Xoll" media-markazi alohida jonbozlik ko'rsatdi.

Bundan tashqari, "Debat Xoll" media-markazi to'g'ri va aniq ma'lumotlarni taqdim etishda, fuqarolarning siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etishlariga yordam berdi. So'z erkinligi, tezkor va aniq ma'lumotlarni almashish tashkilotchilar faoliyatining asosi bo'ldi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish