O'zbekiston parlamenti saylovi yakunlari Pokiston tahlil markazlari diqqat markazida
Noyabr 16, 2024. 10:08 • 2 daq
• 328
ISLOMOBOD, 16-noyabr. /"Dunyo" AA/. Pokistonning qator ommaviy axborot vositalarida va "Umumiy kelajak jamiyati" tahliliy markazi rasmiy veb-saytida, ushbu markaz ijrochi direktori Halid Taymur Akromning "O'zbekistonda 2024-yilgi parlament saylovlari: xalqaro kuzatuvchining fikrlari" sarlavhali maqolasi e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Mening tanlovim – obod Vatanim" shiori ostida o'tgan bu yilgi parlament saylovlar jamiyat hayotida O'zbekistonning demokratik islohotlar, faol fuqarolik jamiyati va institutsional taraqqiyotga sodiqligini namoyon etgan yana bir muhim qadam bo'ldi. Saylovchilarning ushbu muhim siyosiy tadbirdagi faol ishtiroki ularda mamlakat kelajagiga daxldorlik hissi yuqori ekanligining yaqqol dalilidir", – deb ta'kidlagan muallif.
Maqolada saylovlarning ilk bor aralash saylov tizimi asosida tashkil etilganiga alohida urg'u berilgan.
"Ushbu siyosiy tadbirda xalqaro kuzatuvchi maqomida bevosita ishtirok etgan shaxs sifatida O'zbekistonda saylov muhiti ochiq, shaffof, mamlakat qonunchiligiga to'la rioya qilingan holda yuqori darajada tashkil etilganini tasdiqlashim mumkin. Markaziy saylov komissiyasi xalqaro kuzatuvchilar, OAV va barcha manfaatdor tomonlarga o'z vakolatlaridan to'laqonli foydalanish uchun keng yo'l ochib berdi, bu esa, o'z navbatida mas'uliyat va ochiqlik muhitini mustahkamlashga xizmat qildi"– deyiladi materialda.
Halid Taymur Akrom ta'kidiga ko'ra, ushbu saylovlarning eng e'tiborga molik jihatlaridan biri – bu O'zbekistonning barcha davlat idoralaridagi kabi mamlakat parlamentida ham gender vakillikni ta'minlash yo'lida tashlangan ilg'or qadamdir.
"O'zbekistonda xotin-qizlarning mamlakat siyosiy hayotidagi ishtirokini kengaytirish maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida parlamentdagi o'rinlarning 40 foizini ayollarga ajratish bo'yicha kvota tizimi joriy etilgan, – deb yozgan u.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi