Маскатдаги олий даражадаги саммит арафасида Ўмоннинг “Duqm Economist” журналининг Ўзбекистонга бағишланган махсус сони нашр этилди
Ноябрь 17, 2026. 17:00 • 2 дақ
• 27
MASKAT, 17-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidentining O‘monga davlat tashrifi arafasida Maskatda “Duqm Economist” jurnalining O‘zbekistonga bag‘ishlangan maxsus soni chop etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Nashr sahifalarida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, boy tarixiy-madaniy merosimiz, buyuk o‘zbek olimlari va mutafakkirlarining jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan hissasi atroflicha yoritilgan.
Rivojlanishning yangi bosqichiga qadam qo‘yayotgan O‘zbekiston–O‘mon hamkorligi istiqbollariga alohida e’tibor qaratilgan. Maqolalarda ikki mamlakatning savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni kengaytirish borasidagi ulkan imkoniyati ta’kidlangan.
Ushbu maxsus sonning chop etilishi O‘monda O‘zbekistonga qiziqish tobora ortib borayotgani hamda ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlashga intilishdan dalolat beradi.
Telegram каналига обуна бўлинг
Барча янгиликлар ва янгиланишлардан биринчилардан бўлиб хабардор бўлинг!
Сўнгги янгиликлар
Барчаси