TIV xodimlari uchun “Ulug‘ Amir va Donna Mariya” badiiy filmi namoyishi o‘tkazildi
Июнь 15, 2026. 18:00 • 2 дақ
• 86TOSHKЕNT, 15-iyun /“Dunyo” AA/. Poytaxtimizdagi “Renessans” kino uyida O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xodimlari hamda ularning oila a’zolari uchun O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan “Tirik tarix” turkumi doirasida yaratilgan “Ulug‘ Amir va Donna Mariya” badiiy filmining maxsus namoyishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Film namoyishida ishtirok etgan xodimlar voqea shunchaki tarixiy fakt emas, balki ajdodlarimizning dunyo sivilizatsiyasi va tinchligini asrashda nechog‘lik buyuk kuchga ega bo‘lganining isbotini ko‘rishdi.
Vazirlik xodimlari, jumladan, yosh diplomatlar ushbu kinoasar orqali bugungi O‘zbekiston o‘zining boy o‘tmishiga tayanib, xalqaro maydonda madaniy diplomatiyaning go‘zal namunasini ko‘rsatayotganini ta’kidladi. Shuningdek, ular milliy o‘zlikni anglash va tarixdan faxrlanish tuyg‘usini yana bir bor his qilgani, bunday namoyishlarning muntazam tashkil etilishi esa yosh avlod qalbida vatanparvarlik tuyg‘usini yuksaltirishda muhim o‘rin tutishini qayd etdi.
Kinokartina so‘nggida Amir Temurning dunyo hukmdorlariga (Yevropa va Osiyo) yo‘llagan maktublarining nusxalari namoyish etildi. Ushbu bitiklardagi yuqori darajadagi siyosiy mahorat va xalqaro muloqot madaniyati diplomatlarda vatanparvarlik va iftixor tuyg‘usini uyg‘otdi.
“O‘zbekfilm” kinostudiyasi hamda Turkiyaning “Kanguru” kompaniyasi hamkorligida suratga olingan ushbu asar nafaqat yurtimizda, balki Madrid, Barselona, London va Vashington kabi shaharlarda ham katta muvaffaqiyat bilan namoyish etilgan.
Telegram каналига обуна бўлинг
Барча янгиликлар ва янгиланишлардан биринчилардан бўлиб хабардор бўлинг!
Сўнгги янгиликлар
Барчаси




