O'mon Milliy muzeyida saqlanayotgan O'zbekiston tarixiga oid eksponatlar Toshkentda namoyish etilishi mumkin
Июнь 02, 2025. 11:13 • 59 сония
• 288
MASKAT, 2-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Abdusalom Xotamov O'mon Milliy muzeyi bosh kotibi Jamol al-Musaviy bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot chog'ida madaniy-ma'rifiy sohada O'zbekiston-O'mon munosabatlarining holati va istiqbollari, ikki mamlakat muzeylari o'rtasidagi aloqalarni jadallashtirish, xususan birgalikda ko'rgazmalar tashkil etish, eksponatlarni saqlash bo'yicha tajriba almashish, mutaxassislar uchun seminarlar o'tkazish, qo'shma ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish va boshqalar xususida fikr almashildi.
Shuningdek, tomonlar Igor Saviskiy nomidagi Qoraqalpog'iston davlat san'at muzeyi va O'mon Milliy muzeyi o'rtasida hamkorlik aloqalarini o'rnatish istiqbollari muhokama qildilar.
Mamlakatimiz elchisi O'mon Milliy muzeyi rahbariyatini O'zbekistondagi Islom sivilizatsiya markazining bo'lajak ochilish marosimida yurtimiz tarixiga oid eksponatlar bilan ishtirok etishga taklif etildi.
O'mon tomoni mazkur tadbirda qatnashishga tayyorligini bildirdi va O'zbekiston muzeylari bilan hamkorlikni yo'lga qo'yishdan manfaatdorligini tasdiqladi.
Telegram каналига обуна бўлинг
Барча янгиликлар ва янгиланишлардан биринчилардан бўлиб хабардор бўлинг!
Сўнгги янгиликлар
Барчаси