O‘zbekiston Yoshlar parlamenti vakillari Belarusda bo‘lib o‘tadigan “Taʼlim moduli” loyihasida ishtirok etadi
Avgust 08, 2026. 11:00 • 2 daq
• 169
MINSK, 8-avgust. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Nuriddin Mamajonov “Belaya Rus” partiyasi raisi Olga Chemodanova bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Uchrashuvda partiya raisi O‘zbekiston yetakchisining Belarusga amalga oshirgan tashrifi natijasida ikki tomonlama munosabatlar strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilganini alohida taʼkidladi.
Shu nuqtai nazardan, joriy yilning 25–27-sentyabr kunlari O‘zbekiston Yoshlar parlamenti vakillari Belarusning “Iskra” yoshlar harakati aʼzolari bilan birgalikda partiyaning “Taʼlim moduli” loyihasida ishtirok etishi rejalashtirilgani qayd etildi.
Muzokaralar chog‘ida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy munosabatlarni kengaytirish imkoniyatlari ham atroflicha muhokama qilindi. Xususan, kichik va o‘rta tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, oziq-ovqat va qurilish materiallari sanoati, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda turizm sohalarida, shuningdek, hududlararo darajada qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
“Taʼlim moduli” yosh boshqaruvchilarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirishga mo‘ljallangan maxsus platformadir. Besh kunlik trening davomida ishtirokchilar samarali ish yuritish, ijtimoiy-siyosiy tashabbuslarni ishlab chiqish, maʼruzalar tayyorlash, tashkilotchilik hamda jamiyat va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘nikmalarni egallaydi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi