O‘zbekiston va Fransiya zamonaviy ta’lim texnologiyalari sohasida hamkorlikni mustahkamlamoqda

Iyun 23, 2026. 11:00 • 51 soniya

82
O‘zbekiston va Fransiya zamonaviy ta’lim texnologiyalari sohasida hamkorlikni mustahkamlamoqda

PARIJ, 23-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasida Fransiyaning “EdTech France” assotsiatsiyasi prezidenti Od Geno bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muloqot davomida O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida ta’lim texnologiyalari, raqamli ta’lim ekotizimini rivojlantirish hamda o‘quv jarayonlariga sun’iy intellekt yechimlarini joriy etish sohalaridagi hamkorlikning bugungi holati va uni yanada kengaytirish istiqbollari atroflicha muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar Fransiyaning raqamli ta’lim sohasidagi ilg‘or “EdTech” kompaniyalarini O‘zbekiston bozoriga jalb qilish, ularning mahalliy oliy va professional ta’lim muassasalari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri sherikligini yo‘lga qo‘yish hamda qo‘shma innovatsion loyihalarni hayotga tatbiq etish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishdi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish