O‘zbekiston va Fransiya yetakchi ilmiy markazlari o‘rtasidagi hamkorlik rivojlantiriladi
Iyun 19, 2026. 15:00 • 58 soniya
• 163
PARIJ, 19-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Nodir Ganiyev Fransiya poytaxtida Milliy tadqiqotlar agentligi (ANR) prezidenti va bosh direktori Kler Jiri bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Muloqot davomida O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida ilm-fan, innovatsiyalar va ilmiy tadqiqotlar sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Tomonlar sun’iy intellekt, suv resurslarini boshqarish, iqlim o‘zgarishi, biotexnologiyalar va sog‘liqni saqlash kabi strategik ahamiyatga ega yo‘nalishlarda qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini ko‘rib chiqdi.
Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston va Fransiyaning yetakchi universitetlari hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish, olimlar uchun qo‘shma grant mexanizmlarini shakllantirish hamda xalqaro ilmiy konsorsiumlarda ikki mamlakat vakillarining birgalikda ishtirokini ta’minlash bo‘yicha amaliy hamkorlikni rivojlantirishga kelishib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi